"Qo‘qon-1912" murabbiyi: "Gol o‘tkazilganida darvozabonning ham aybi bor"

  • 8 noyabr, 2022, 01:18
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qo‘qon-1912” – “Bunyodkor” (0:1) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar murabbiyi Shavkat Abduxo‘jaev fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Bir necha o‘yinlarda muvaffaqiyatsiz o‘ynaganimiz sababli yigitlarga biroz bosim bo‘ldi. Biz o‘ylagan o‘yinni ko‘rsata olmadik. Yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Nafaqat bugungi uchrashuvda, balki oldingi bahslarda ham imkoniyatlarni yaratyapmizu, biroq foydalana olmayapmiz. Shuni hisobiga o‘ylagan natijalarimizni bajara olmayapmiz.

To‘g‘ri, gol o‘tkazilgan holatda darvozabonni ham aybi bor. Futbolchilarimizda raqib o‘yinchisini “yopish”ga imkoniyat bor edi. Baribir darvozabondan ham ozgina xato o‘tyapti", - deydi Abduxo‘jaev.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!