
"Qo‘qon-1912" o‘rtoqlik o‘yinida 7:0 hisobida g‘alaba qozondi
FIFA kunlari munosabati bilan chempionatimizda yuzaga kelgan kichik tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida Toshkentda yig‘in o‘tkazayotgan “Qo‘qon-1912” jamoasi futbolchilari bugun o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi. No‘’mon Hasanov shogirdlarining raqibi – Pro liga vakili – “Lokomotiv BFK” jamoasi bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, qo‘qonliklar raqib darvozasiga javobsiz 7 ta gol urishgan. Uchrashuvda Suhrob Berdiev va Shahboz Erkinov dublga erishgan bo‘lsa, Iqbol Malikjonov, Avazxon Mamatxo‘jaev hamda Behruz Sadilloev bir martadan darvozani ishg‘ol qilishdi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
“Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv BFK” 7:0
Gollar: Suhrob Berdiev 13, 23, Shahboz Erkinov 27,29, Iqbol Malikjonov 40, Avazxon Mamatxo‘jaev 66, Behruz Sadilloev 73.
“Qo‘qon-1912”: 25. Sarvar Karimov, 10. Quvondiq Ro‘ziev, 13. Javohir Esonqulov, 16. Jasur Hasanov, 17. Bexruz Sadilloev, 19. Suhrob Berdiev, 20. Iqbol Malikjonov, 22. Shahboz Erkinov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 55. Milosh Nikolich, 70. Murod Xolmuhammedov.
Zaxira: 1. Islom Abdullaev, 8. Muhammadanas Hasanov, 9. Bexzod Karimov, 11. Timur Hakimov, 14. Avaz Mamatxo‘jaev, 21. Timur Usmonov, 27. Jasur Yoqubov, 34. Olive Bonnes, 65. Marko Milich, 99. Dilshod Baratov.
Fikrlar