"Qo‘qon-1912" o‘z safiga "Neftchi" futbolchisini qo‘shib oldi
"Qo‘qon-1912" jamoasi yangi mavsum oldidan ilk transferini amalga oshirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
"Jamoamiz so‘nggi uch mavsumni «Neftchi»da o‘tkazgan, o‘tgan mavsum O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan tajribali yarim himoyachi G‘ulom-Haydar G‘ulomov bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
G‘ulom-Haydar G‘ulomov "Neftchi" jamoasidan tashqari "Lokomotiv", OKMK, "Sho‘rtan", "Mash’al", "Qizilqum" va "Bunyodkor" kabi jamoalarda to‘p surgan.
Mahoratli yarim himoyachiga yangi mavsumda omad tilab qolamiz va jamoamiz bilan yuqori natijalarga erishishini tilab qolamiz", — deyiladi qo‘qonliklar xabarida.
Fikrlar