"Qo‘qon-1912" Tojikistonga yetib keldi

  • 12.01.2026 17:06
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Klub matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik koʻrish maqsadida "Qoʻqon-1912" jamoasi Tojikistonda navbatdagi yigʻini oʻtkazish uchun yetib bordi. 

Andrey Shipilov boshchiligidagi jamoa ushbu yigʻinga 25 nafar futbolchi bilan yetib keldi. Yigʻinda oʻtgan mavsum oʻrinbosarlar safida harakat qilgan Valiev, Mamatov kabi bir qator iqtidorlu futbolchilar ham jalb qilindi. 

Shuningdek, Tojikistonda boʻlib oʻtadigan yigʻinda ikki nafar futbolchi koʻrikda boʻlib turibdi. Agar ularning harakatlari murabbiylar shtabiga maʼqul kelsa, yangi mavsumni jamoa safida oʻtkazadi. 

Tojikiston safariga "Qoʻqon-1912" quyidagi tarkibda yoʻl oldi:

Bosh murabbiy: Andrey Shipilov
Yordamchi murabbiy:  Anatoliy Kurlaev
Darvozabonlar murabbiyi: Xurshid Xoʻjaev
Maʼmur: Maʼmur Mansurov
Shifokor: Bobur Abdazov
Uqalovchilar: Najmiddinov Begmurod, Soliev Artur
Matbuot kotibi: Nigʻmonxoʻja Nozimov
Fotomuhbir: Dilmurod Isaqov 

Futbolchilar: Azizxon Isaqov, Rustam Nartadzhiev, Asliddin Toshtemirov, Zafar Hakimov, Jasurbek Yoqubov, Shahzod Akramov, Alisher Salimov, Iqboljon Malikjonov, Muhriddin Pazlidinov, Muhammadas Hasanov, Javohir Husanov, Ibrohimjon Mukhtorov, Ayubxon Mukhtorov, Xayotjon Mamatov, Abdurashid Valiev, Andro Giorgadze, Shota Gvazava, Toma Tabatadze, GʻulomHaydar Gʻulyamov, Shohruh Gadoev, Yegor Kondratyuk, ikki nafar koʻrikdagi futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!