“Qo‘qon-1912” Turkiyaga yo‘l oldi

  • 24.01.2026 09:33
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishni maqsad qilgan “Qo‘qon-1912” jamoasi navbatdagi o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga yo‘l oldi. 24 yanvardan 14 fevralga qadar davom etadigan yig‘inda jamoa bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.

Mashg‘ulot jarayonida futbolchilarning jismoniy, texnik va taktika tayyorgarligini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Jamoaning asosiy tarkibidan tashqari o‘tgan mavsum o‘rinbosarlar safida yaxshi harakat qilgan bir qator futbolchilar ham Turkiyadagi yig‘inda ishtirok etadi. Shundan tashqari, Turkiyadagi yig‘inda jamoa safida yana bir qator futbolchilar qo‘shilishi kutilmoqda.

“Qo‘qon-1912” jamoasining Antaliya yig‘inga yo‘l olgan to‘liq tarkib ro‘yxati quyidagicha:

Sport direktori: Muxsinjon Nizomidinov
Bosh murabbiy: Andrey Shipilov
Yordamchi murabbiy: Fevzi Davletov
Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy: Anatoliy Kurlaev
Fitness bo‘yicha murabbiy: Rasuljon Saydaliev
Darvozabonlar murabbiyi: Xurshid Xo‘jaev
Ish yurituvchi: Ma’rufjon Mo‘minov
Ma’mur: Ma’mur Mansurov
Shifokor: Bobur Abdazov
Uqalovchilar: Najmiddinov Begmurod, Soliev Artur
Matbuot kotibi: Nig‘monxocha Nozimov

Futbolchilar:
Azizxon Isoqov, Rustam Nartadjiev, Asilddin Toshtemirov, Zafar Haqimov, Jasurbek Yoqubov, Shahzod Akramov, Alisher Salimov, Iqboljon Malikjonov, Muhriddin Pazlidinov, Muhammadanas Hasanov, Ibrohimjon Muxtorov, Ayubxon Muxtorov, Xayotjon Mamatov, Andro Giorgadze, Shota Gvazava, Toma Tabatadze, G‘ulomHaydar G‘ulyamov, Shohruh Gadoev, Yegor Kondratyuk, Javohir Sidiqov, Abdurashid Valiev, Hasanjon Ro‘zmatov, Muhammadyosuf To‘ychiyev, Saidislombek Paxlavonov, Jasurbek Mahmudjonov, Hamzaxon Xo‘jaev.

Javohir Husanov Milliy terma jamoa yig‘inda ishtirok etayotganligi sababli jamoamiz ixtiyoriga keyinroq qo‘shiladi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!