"Qo‘qon-1912" Turkiyadagi yig‘inda qaysi jamoalarga qarshi maydonga tushadi?

  • 26.01.2026 23:29
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Qo‘qon-1912" yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Turkiyaning Antaliya shahrida mashg‘ulot olib bormoqda. 
 
Bu yig‘in davomida Andrey Shipilov boshchiligidagi jamoa jami 5 ta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Dastlab "shunqor"lar Kosovaning "Vushtrria" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 28 yanvarga belgilangan. Yig‘inning so‘nggi bahsi esa 13 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. O‘sha kuni jamoa Moldova chempionati vakili "Milsami" klubi bilan to‘qnash keladi. Shuningdek, far‘gonaliklar Rossiyaning "Shinnik" va Qozog‘istonning "Kaspiy" kabi klublarga qarshi o‘ynashadi. Ushbu bahslar 1 va 9 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, Andrey Sergeyevich shogirdlari 5 fevral kuni ham nazorat bahsida maydonga tushadi. Hozircha ushbu sanadagi raqib nomi ma’lum emas. 
 
"Qo‘qon-1912" jamoasining o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi raqiblari va bahs sanalari bilan tanishing: 
 
28.01.2026: "Qo‘qon-1912" - "Vushtrria" 
1.02.2026: "Qo‘qon-1912" - "Shinnik" 
5.02.2026: "Qo‘qon-1912" - noma’lum 
9.02.2026: "Qo‘qon-1912" - "Kaspiy" 
13.02.2026: "Qo‘qon-1912" - "Milsami".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!