“Qora mushuklar” tarixiy rekord o‘rnatdi

  • 20 oktabr, 10:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining sakkizinchi turida “Sanderlend” futbolchilari o‘z maydonida liga autsayderi “Vulverxempton” darvozasiga javobsiz ikkita to‘p kiritdi.

Tecno

Ushbu uchrashuvdagi 2:0 hisobidagi g‘alaba “qora mushuklar” uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi. “Spnderlend” o‘z tarixida ilk bor mamlakat chempionatida o‘z uyida o‘tkazilgan to‘rtta bahsda 10 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

Frantsiyalik bosh murabbiy Rejis Le Bri shogirdlari “Vulverxempton”gacha “Vest Xem Yunayted”ni 3:0, “Brentford”ni 2:1 hisobida engib, “Aston Villa” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan edi.

“Sanderlend” umumiy hisobda sakkizta uchrashuvda 14 ochko jamg‘arib, Angliya Premer-ligasi musobaqa jadvalida ettinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!