
Qozog‘istonlik bokschilar uchun karantin tugadimi?
Boks bo‘yicha Qozog‘iston erkaklar terma jamoasi mamlakatda karantin bo‘lishiga qaramay Olmota shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari o‘ztkazishni rejalashtiryapti. Bu haqda terma jamoa bosh murabbiyi Galimbek Kenjebaev mamlakat boks federatsiyasi rasmiy saytiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Biz 25 maydan 12 iyungacha Olmotada o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazmoqchimiz. Mashg‘ulotlar maxsus jismoniy tayyorgarlik dasturi bo‘yicha o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar barcha sanitariya-gigieniya me’yorlariga muvofiq olib boriladi. Ushbu yig‘inga 30 nafardan ortiq sportchi jalb etilmaydi”, - deydi Kenjabaev.
Fikrlar