Qozog‘istonlik darvozabon Evropaning grand klublariga yo‘l olishi mumkin
Qozog‘istonning "Qayrat" klubi darvozaboni Temirlan Anarbekov Evropa klublaridan qiziqish borligini tasdiqladi. Bu haqda uning o‘zi "Sedmomu kanalu" kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Klub direktorlari gaplashyapti. Hozircha aniq rasmiy taklif kelgani yo‘q. Bolag‘aligimdan orzuim — Angliya Premer-ligasida o‘ynash. Qaysi klub ekanligi muhim emas", — dedi Anarbekov.
Ispaniyaning Marca nashri Temirlanning Chempionlar Ligasidagi o‘yinini yuqori baholadi. Maqolada turnirning eng yaxshi darvozaboni "Qayrat"da o‘ynayotgani ta’kidlangan.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli futbolchi musobaqada 4 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 6 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Fikrlar