Qozog‘istonning Qizilo‘rda shahrida MMA turniri bo‘lib o‘tdi

Qizilo‘rda shahrida "Sarbaz fight" MMA turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu turnir o‘z an’anasiga ega bo‘lib, unda Osiyoning eng kuchli jangchilari ishtirok etishadi. Mazkur jang kechasida uch nafar hamyurtlarimiz ham o‘z omadini sinab ko‘rdilar. Jumladan,  63 kg vaz toifasida Muxammad Yusuf Umarov, 66 kgda Alisher Qayumov, 77 kg vaznda esa, Ibroxim Xudoyqulovlar ishtirok etishdi. Ular orasida Ibroxim Xudoyqulov raqibini mag‘lubiyatga uchratib, turnir kamarini qo‘lga kiritdi. Afsuski, Alisher Qayumov imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Muxammad Yusufga ham garchi mag‘lubiyat yozilgan bo‘lsada, aslida u butun jang mobaynida raqibidan ustunlik qilgan edi. O‘ziga xos mezbonlik faktori yurtdoshimiz zarariga ishladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

photo_2019-06-26_14-10-06

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Шовкат
26/06/2019 20:48
Хакамга колдирмасдан хал килиш керак.бола хаммаси яхши булади омад