Qudratillo Abduqahhorov Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketdi

  • 18.11.2020 16:59
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Profescional boksning yarim o‘rta vazn toifasida (66.6 kg) IBF yo‘nalishi bo‘yicha majburiy da’vogar Qudratillo Abduqahhorov o‘zining navbatdagi jangiga tayyorgarlikni boshlash uchun bugun tongda  Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketdi.

Aslida, Qudratillo Abduqahhorov va Sergey Lipinets o‘rtasida IBF vaqtinchalik jahon chempionlik kamari uchun jang 24 oktyabr kuni bo‘lishi kerak edi. Ammo Abduqahhorov viza muammosi sabab, ushbu kamar uchun Sergey Lipinets Kastio Kleytonga qarshi  jang qildi. Jangda durang qayd etilgani tufayli, Qudratillo Abduqahhorov hamon IBF jahon chempionlik kamari uchun majburiy da’vogar bo‘lib qolmoqda.

kudi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!