Qudratillo Abduqahhorov va Sergey Lipinets jangining rasmiy posteri taqdim etildi (Foto)

  • 6 oktabr, 2020, 10:36
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov (17-0,9 KO) 24 oktyabr kuni rossiyalik Sergey Lipinetsga (16-1,12 KO) qarshi IBF muvaqqat chempionlik  kamari uchun jang qiladi. Aslida, 10 oktyabr kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan mazkur to‘qnashuv, hamyurtimiz duch kelgan viza muammosi bilan ortga surilgandi. 

Tecno

Kuni kecha, yurtdoshimiz Istanbul orqali Malayziyaga uchib ketdi va shu kunlarda viza masalasi ham hal bo‘lishi kutilmoqda. Tashkilotchilar esa, hamyurtimiz va rossiyalik charmqo‘lqop ustasining jangiga oid rasmiy posterni ham e’lon qildi.

abdukaxxorov 

Ma’lumot uchun, Abduqahhorov va Lipinets to‘qnashuvi AQShning Konnektikut shtati Ankasvill shahrida tashkil qilinadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!