Qudratillo Abduqahhorovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

  • 07.05.2021 03:31
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Professional boksning yarim o‘rta vazn toifasida (-66,6 kg) faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov o‘zining navbatdagi jangini 19 iyun kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘tkazadi. «Premier Boxing Champions» kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan boks oqshomida Abduqahhorovga argentinalik Sezas Migel Barrionuevo raqiblik qiladi.

Abduqahhorov (18-0, 10KO) qariyb bir yarim yillik tanaffusdan so‘ng «Top Rank» kompaniyasi bilan shartnomni bekor qilgan va «Sampson Boxing» bilan kelishuvga erishgan. U 13 mart kuni Xaver Floresni 8-raundda muddatidan oldin mag‘lub etgan edi.

Unga rakiblik qilishi kutilayotgan Migel Barrionuevo (35-4-2, 25 KO) 2018 yil sentyabr oyida Yordenis Ugasga ochkolar hisobida imkoniyatni boy berdi. Shundan so‘ng, bir yil o‘tib u Xuan Lensinani 1-raunddayoq nokautga uchratib g‘alaba qozongan.

Eslatib o‘tamiz, kechaning asosiy jangida o‘rta vaznda WBC jahon chempioni Jermall Charlo Xuan Macias Monteilga qarshi jang olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!