"Quturgan" "Bavariya" yosh iqtidorlarga to‘la jamoaga qarshi maydonga chiqadi!

  • 4 dekabr, 2021, 12:23
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Har bir chempionatining o‘z etakchi klublari bo‘ladi. Ispaniyada "Barselona", "Real" Madrid" va "Atletiko". APLda bu kabi jamoalar talaygina. Bundesligada so‘nggi paytlarda "Bavariya"ga etadigani yo‘q, aslida. Biroq "Borussiya Dortmund bu klubni engil nafas olishiga qo‘ymaydi. Kurash taklif qiladi, garchi har safar mag‘lub bo‘lsa ham. Shunday qilib, bugun bizni Germaniyaning ikki asosiy figuralari o‘rtasidagi o‘yin kutib turibdi.

Tecno

"Bavariya"

Myunxenliklar so‘nggi yillarda stabil o‘yin namoyish etayotgan kam sonli klublardan biri hisoblanadi. Ular maydonda bo‘lgan payt kamdan-kam hollarda raqib jamoa ustunligi guvohi bo‘lamiz. Xans-Diter Flik qo‘l ostida Chempionlar ligasini yutib, fantastik ikki mavsum o‘tkazgan "Bavariya" u ketganidan keyin ham kuchsizlashib qolmadi. "Leyptsig"ni ajoyib boshqara olgan Yulian Nagelsman ayni damda Fliknikidan qolishmaydigan jamoa shakllantirmoqda. "Bavariya" Germaniya chempionatida yakuniga etgan 13 turga ko‘ra, peshqadamlik qilmoqda. Jamoa hisobida 10 g‘alaba, 1 durang va 2 mag‘lubiyat mavjud. Shuningdek, Evropa chempionlar ligasida ham myunxenliklar juda yaxshi ishtirok etmoqda. Ular "Barselona", "Benfika" va "Dinamo" Kiev kabi klublar bilan bir guruhdan joy olgan. 5 tur yakuniga ko‘ra, nemislar 15 ochko to‘pladi, aniqrog‘i barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozongan. Myunxen klubida hozircha hammasi yaxshi. Bugungi uchrashuv favoriti ham aynan ular. Biroq qarshi tomon ham etarlicha qarshilik ko‘rsata olishiga ishonchim komil.

"Borussiya" Dortmund

Dortmundliklar Bundesligada ishonchli o‘yin ko‘rsatmoqda, lekin Evropa chempionlar ligasiga nisbatan bunday deya olmayman. "Ayaks"ga ikki o‘yindagi mag‘lubiyat, shuningdek, so‘nggi uchrashuvda "Sporting" ham ulardan ustun keldi. EChLning keyingi bosqichiga yo‘l olish uchun "asalarilar" so‘nggi turda g‘alaba qozonishi hamda "Sporting"ning mag‘lubiyatini kutishi lozim. Xullas, Marko Roze shogirdlarining taqdiri o‘z qo‘lida emas. Biroq "Borussiya" Dortmund boshqacha jamoa. Ular hech qachon katta turnirlar uchun da’vogarlik qilmaydi, lekin katta sovrinlar uchun kurasha oladigan futbolchilarni etishtirib chiqaradi. Zamonamizning eng yaxshi futbolchilaridan biri Erling Xoland ham shu erda o‘zining ajoyib o‘yinlarini ko‘rsatib, grandlar e’tiboriga tushdi. Shuningdek, bugun ikki superhujumchi to‘qnashuviga ham guvoh bo‘lamiz. Levandovski "Oltin to‘p"ni yuta olmadi. Lekin yana urinib ko‘rsa bo‘ladi. Harakatning boshlanish nuqtasi aynan shu o‘yinga to‘g‘ri keladi. Xoland ham jarohatidan endi qutuldi va gollarga o‘ch holatda. Xullas, ko‘plab faktorlar bu bahsning qiziqligini oshirib bermoqda.

O‘yinlar tarixi

Uchrashuvlar soni: 129 ta

"Bavariya": 63 ta (g‘alaba)
"Borussiya"Dortmund: 32 ta (g‘alaba)
Durang: 34 ta

Taxminiy tarkib

sostav

Jarohat olgan futbolchilar

Borussiya Dortmund:
Yusuf Mukoko, Marsel Shmeltser,  Mateu Morey, Jovanni Reyna (?) Jud Bellingem (?) -

Bavariya:
Marsel Zabittser, Buna Sarr, Yosip Stanishich, Leon Gorettska (?), Tangi Nyanzu (?)

Koronavirus: 
Torgen Azar ("Borussiya" D) Joshua Kimmix,  Erik-Maksim Chupo-Moting (ikkalasi ham "Bavariya")



Bundesliga to‘purlari ro‘yxati

1. Robert Levandovski: 14  (13 ta o‘yin) 
2. Erling Xoland: 10 (7 ta o‘yin)                          3. Avoniyi 9 ( 14 ta o‘yin)

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!