Quvaytga qarshi o‘yinni jarohat sabab o‘tkazib yuboradigan futbolchining nomi oshkor bo‘ldi

  • 09.10.2025 11:57
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi, “Traktor” klubi a’zosi Odil Hamrobekov mashg‘ulot paytida jarohat oldi va Quvayt terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tusha olmaydi. Bu haqda Eronning “Varzesh3” nashri xabar bermoqda.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi oyog‘ining mushak qismida jarohat olgani sababli terma jamoaning so‘nggi mashg‘ulotini o‘tkazib yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv bugun “Olimpiya” stadionida soat 18:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!