Raboning onasi "Yuventus"dan norozi

  • 4 noyabr, 2019, 12:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" xavbeki Adrien Rabo qishgi transfer oynasi vaqtida boshqa jamoaga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Tecno

Rabo yozda PSJdan erkin agentga aylanganidan so‘ng, tekinga "Yuventus" safiga kelib qo‘shilgan edi. Biroq o‘tgan vaqtlar ichida frantsuz maydonda juda kam harakat qilmoqda va bundan Rabo norozi bo‘lmoqda.

Frantsuz nashrlari xabariga ko‘ra, Raboning onasi va agenti Veronik o‘g‘lini Turin klubini tark etishi xohlamoqda va u uchun yangi klub izlash ishlarini boshlab yuborgan.

Joriy mavsumda 24 yoshli Rabo "Yuventus" tarkibida oltita o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!