Rafinya ikki holatda jamoadan ketadi

  • 30.05.2023 16:25
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" vingeri Rafinya Diazning agenti Deko o‘z mijozining keyingi mavsumda Kataloniya klubida qolishiga umid qilmoqda. Bu haqda "Sport" nashri xabar bermoqda.

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, Rafinya faqat "Barselona"da iqtisodiy vaziyat talab qilsagina sotilishi mumkin. Bundan tashqari unga "mo‘maygina" pul taklif qilinsa, sotilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Dekoning o‘zi tez orada "ko‘k-anorranglilar"da etakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Sobiq portugaliyalik futbolchi avvalroq "Barsa"da o‘ynagan va 2006 yilda klub bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!