Rakitich "Barselona"ni tark etishi aniq bo‘ldi
31 yoshli futbolchi bu borada "Atletiko" klubi bilan kelishuvga erishdi. Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Rakitich 20 fevral kuni o‘z agenti bilan uchrashgan.
Xorvatiyalik xavbekning o‘zi La Ligada qolmoqchi va uning oilasi Madrid yaqinidagi Boadilya-del-Monte shaharchasidan uy sotib olishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, Rakitichning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida nihoyasiga etadi. U joriy yilgi mavsumda Ispaniya chempionati doirasida 20 ta bahsda maydonga tushdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar