
Rakitich "Bavariya"dan o‘ch olmoqchi?!
“Sevilya” yarim himoyachisi Ivan Rakitich bugun “Bavariya”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan UEFA Superkubogidan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Sevilya”ni yana finalda ko‘rayotganimdan mamnunman. Bugungi raqib kuchli bo‘lishiga qaramay, ko‘p narsani o‘zgartirish kerak emas. Finalga faqat g‘alaba qozonish uchun chiqiladi. Biz harakat qilamiz. Biz "Bavariya" ni juda hurmat qilamiz, ammo qo‘rqmaymiz. Men ularni azoblashni xohlayman”, - dedi xorvatiyalik futbolchi.
“Bavariya” – “Sevilya” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Ta’kidlash kerakki, “Bavariya” Chempionlar ligasi chorak finalida Rakitichning sobiq jamoasi “Barselona”ni 8:2 hisobida mag‘lub etgan edi.
Fikrlar