Rakitich yangi mavsumni ham "Barselona"da o‘tkazadi
“Barselona” xavbeki Ivan Rakitich o‘ziga nisbatan Evropa grandlaridan jiddiy qiziqishlar bo‘layotganiga qaramay yangi mavsumni Kataloniya super klubida o‘tkazmoqchi.
Sport.es tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” ustozi Ernesto Valverde ham, klub prezidenti Xosep Bartomeu ham 31 yoshli xorvatiyalik futbolchining ko‘rsatayotgan o‘yinlaridan to‘liq qoniqish xosil qilmoqda va shu bois ular Rakitichni sotib yuborishni xohlashmayapti.
Ma’lumot uchun, Rakitich joriy mavsum “Barselona” safida jami 42ta o‘yinda ishtirok etdi va 5ta gol hamda 9ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar