Ramos, yugur! Bu erda yulduz ham, sardor ham emassan!

  • 8 oktabr, 2021, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino “Real”ning sobiq sardori Serxio Ramos parijliklar safida nega haligacha debyut qilmayotganiga munosabat bildirdi.

- Jamoaga qo‘shilish oson emas. Siz jarohatlangansiz, mashg‘ulotlar grafigi boshqacha, jamoadoshlar bilan chiqishib ketish kerak. Ramosning hozirgi holati avvalgisidan keskin farq qiladi. U ayni paytdagi holatini hazm qilsin. Endi u yaxshi sport formasiga kirish uchun ter to‘kishi lozim. Bu erdagi haqiqiy vaziyati qanday ekanini tushunib etishi kerak, - dedi Maurisio Pochettino.

Ramos “Real”dan erkin agent sifatida iyulda kelganidan beri birorta uchrashuvda qatnashmadi. U alohida shug‘ullanmoqda.

Avvalroq, Serxio Ramosning takabburligi PSJ futbolchilariga ma’qul kelmagani haqida ham xabarlar tarqatilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ftyghh Ghkll
10/10/2021 17:06
Kante va lewandawski osa kere