
Ramos 100-golini urdi
Ayni damda, Chempionlar ligasining 3-turidan o‘rin olgan "Real" va "Inter" (2:2) qarama-qarshiligining ikkinchi bo‘limi davom etmoqda.
Madridliklarning ikkinchi goliga himoyachi Serxio Ramos mualliflik qildi. Jamoa sardori uchun ushbu gol barcha turnirlar doirasidagi 100-si bo‘ldi.
U "Real" safida yuzlikni zabt etgan 23-futbolchi bo‘lib tarixga kirdi. Shulardan 55 tasini boshi bilan darvozani ishg‘ol etganligini qo‘shimcha qilish mumkin.
Fikrlar