Ramos “Real”ni qiynab qo‘ydi
“Real” rahbariyati va jamoa sardori Serxio Ramosning yangi shartnoma borasidagi muzokaralari hali davom etmoqda.
“Qirollik klubi” 35 yoshli futbolchiga bir yillik bitim taklif qilib, uning maoshini ma’lum miqdorga pasaytirmoqchi. Ramos bu variantni qabul qilgani yo‘q.
Ispaniyalik himoyachi klubdan ikki yillik kelishuv talab qilyapti va bu muddat davrida qancha maosh to‘lanishi uni qiziqtirmasligini aytmoqda.
“Real” xo‘jayinlari esa, yoshi o‘tib qolgan futbolchining ikki yil jamoada qolishiga qarshi.
Ramos joriy mavsumda Ispaniya chempionatida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, bir juft gol urishga ham erishgan.
Fikrlar