Ramos to‘yiga "Barselona" futbolchilarini ham taklif qildi

  • 12 iyun, 2019, 16:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi himoyachisi Serxio Ramos nihoyat o‘zining uzoq yillik sevgilisi Pilar Rubio bilan turmush qurmoqda. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbbaga ko‘ra to‘y 15 iyun kuni Sevilya shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu marosimga "Real" prezidenti Florentino Peres, bosh murabbiy Zinedin Zidan va futbolchilar Lukas Vaskes, Keylor Navas va Luka Modrichlar taklif etilgani aytilmoqda.

Bundan tashqari Ramos nikoh oqshomiga "Barselona" futbolchilari Jordi Alba, Serxio Buskets va Jerar Pike kabi futbolchilarni ham taklif qildi.

Ma’lumot tuchun, 33 yoshli Ramos va 41 yoshli Rubio 2012 yildan buyon yaqin munosabatlarda hisoblanishadi. Ularning 3 ta farzandi bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!