
Rangnik: Ketmoqchi bo‘lsa, menga shuni o‘zi aytsin!
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ralf Rangnik jamoani tark etish istagida bo‘lgan Antoni Marsyalning harakatlariga munosabat bildirdi.
Avvalroq, 26 yoshli hujumchining agenti Filipp Lamboli Antoni ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun yanvarda boshqa jamoaga o‘tmoqchi ekani haqida ma’lumot tarqatgan edi.
- Men agentlar bilan matbuot orqali gaplashmayman. O‘yinchining o‘zi ketmoqchi ekani haqida menga ham, klubga ham aytmagan. To‘g‘risi, agentlar matbuot orqali nima deyotgani meni umuman qiziqtirmaydi.
Agar futbolchi ketmoqchi bo‘lsa, bu haqda meni yoki klub rahbariyatini ogohlantirishi kerak. Men hech qachon o‘yinchilar bilan matbuot yoki agent orqali muloqot qilmayman, - dedi Ralf Rangnik.
Fikrlar