Rangnik Ronaldu masalasida aniq qarorga keldi

  • 04.12.2021 10:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi Ralf Rangnik tarkibni tartibga solishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Xususan, germaniyalik mutaxassisning jamoa etakchisi Krishtianu Ronalduga qanday munosabatda bo‘lishi ko‘pchilikni qiziqtirmoqda.

Sky Sports nashrining xabar berishicha, Ralf Rangnik klub rahbariyati bilan Ronaldu masalasini muhokama qilgan va portugaliyalik yulduzning jamoada qolishi tarafdori ekanini bildirgan. Avvalroq, Krishtianu Manchesterdan ketishi haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.

Krishtianu Ronaldu joriy mavsumda premer-ligada 11 ta uchrashuvda oltita gol urdi. U faoliyatidagi jami gollari sonini 801 taga etkazib, bu borada rekord sohibi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!