
Rangnik Ronalduning o‘yinidan qoniqish his qilmayapti
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik hujumchi Krishtianu Ronalduning o‘yini borasida berilgan savolga javob berdi.
Qayd etish lozim, portugaliyalik futbolchi ketma-ket 5 ta uchrashuvdan buyon gol ura olmayapti.
"Bu faqat Ronalduga bog‘liq holat emas. U ko‘proq gol urishi kerak". Biz ko‘p vaziyatlar yaratmoqdamiz, ammo etarlicha gol ura olmayapmiz. Shunday bo‘lsa-da, gap faqat Ronalduda emas", - dedi Rangnik.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu oxirgi marta "Byornli"ga qarshi 2021 yilning so‘nggi kunida gol urgandi.
Fikrlar