Rashford «Manchester Yunayted»da raqamini o‘zgartirdi
«Manchester Yunayted» hujumchi Markus Reşfordning raqamini oʻzgartirishga qaror qildi. Bu haqida transfer masalalari boʻyicha insayder Fabrizio Romano xabar berdi. Klubning bunday qadami futbolchini yana asosiy tarkib atrofida koʻrish istagi sifatida talqin qilinmoqda.
Yangi mavsumda ingliz hujumchisi «qizil shaytonlar» safida 14-raqam ostida maydonga tushishi kutilmoqda. Shuningdek, Reşford jamoa bilan birga navbatdagi mashgʻulot yigʻiniga ham boradi.
Shu bilan birga, 28 yoshli futbolchining klubdagi kelajagi hali ham transfer bozorida tushadigan takliflarga bogʻliq. Agar yetakchi evropalik jamoalardan manzur boʻladigan taklif tushmasa, «Manchester Yunayted» Reşfordni tarkibda saqlab qolishga tayyor. Avvalroq hujumchi mankuniyalliklar safida 39 va 19-raqamlar ostida toʻp surgan.

Fikrlar