Rasman! Antuan Semenyo "Manchester Siti" futbolchisi!
"Manchester Siti" Antuan Semenyoni oʻz safiga qoʻshib olganini eʼlon qildi.
Vinger "shaharliklar" bilan 5,5 yillik shartnoma imzoladi. "Bornmut" ushbu transferdan 62 million funt sterling ishlab oldi. Bu "olchalar" uchun rekord darajadagi sotuv boʻldi. Shuningdek ular Antuanning keyingi sotuvidan ulush olish huquqini ham saqlab qoldi.
26 yoshli futbolchi "Manchester Siti" safida 42-raqamda harakat qilishi kutilmoqda.
Fikrlar