Rasman! “Arsenal” misrlik futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

"Arsenal" klubi misrlik yarim himoyachi Muhammad El-Nenni bilan rasman shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Ammo kelishuv tafsilotlari hozircha e’lon qilinmagan.

Arsenal”da salkam 7 yildan beri o‘ynayman, lekin bu etarli emasdek. Men hali ham o‘rganyapman, o‘sishda davom etyapman. "Arsenal" bilan shartnoma uzaytirganimdan juda xursandman va klub rahbariyatidan minnatdorman”, — deya fikr bildiradi futbolchining o‘zi.

29 yoshli afrikalik "kanonirlar" safiga 2016 yildan beri to‘p tepadi. Yakunlangan mavsum Muhammad “to‘pchilar” safida 17 ta uchrashuvda qatnashib, 3 ta golli uzatma amalga oshirgan.

2021/2022 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra, "Arsenal" premer-liga turnir jadvalida  5-o‘rinni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!