Rasman! "Arsenal"ga kerak bo‘lmay qolgan futbolchi "Roma"ga o‘tdi (foto)
Rimning "Roma" jamoasi o‘z safiga yangi futbolchini qo‘shib oldi.
Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, "Arsenal" yarim himoyachisi Enzli Meytlend-Naylz faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettiradi. Angliyalik xavbek mavsum so‘ngiga qadar "bo‘rilar" sharafini himoya qiladi.
Ma’lumot uchun, Meytlend-Naylz joriy mavsum "kanonirlar" libosida 11 uchrashuvda 1 assist muallifiga aylandi. U kelib qo‘shilgan Eldor Shomurodov jamoasi A Seriya turnir jadvalida 7-pog‘onani band etib turibdi.


Fikrlar