Rasman! "Atletiko" APLdan yana bir futbochini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 21 avgust, 2024, 14:16
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" jamoasi sardorlaridan biri hisoblangan Konor Gallaxer faoliyatini "Atletiko" safida davom ettiradi. Bu haqda "matraschilar" o‘z ijtimoiy tarmoqlari orqali rasman e’lon qildi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Konor 42 million evro evaziga Madrid klubiga kelib qo‘shildi. Shartnoma 2029 yilning yoziga qadar imzolandi. 

Qayd etish lozim, "Atletiko" va "Chelsi" jamoalari o‘zaro rokirovka amalga oshirdi. Yaqin vaqtlar ichida Madrid klubi futbolchisi hisoblangan Felish "ko‘klar" safiga borib qo‘shilishi kutilmoqda. Faqatgina mazkur barterda "Chelsi" ko‘proq pul to‘lashi kutilmoqda. Sababi, Joauning narxi angliyalik xavbeknikidan biroz balandroq. 

Avvalroq, Simeone jamoasiga "Manchester Siti"dan Xulian Alvares kelishb qo‘shilgandi. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!