
Rasman! "Barselona" yangi futbolchisini ommaga tanishtirdi
"Barselona" jamoasi Per-Emerik Obameyangni o‘z futbolchisi sifatida tanishtirdi. "Arsenal" sobiq vakili "ko‘k-anorranglilar" bilan 2025 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Shuningdek, uning tovon puli 100 million evro etib belgilangan. Obameyangning taqdimot marosimi yaqin soatlar ichida bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda "Barselona" rasmiy sayti.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi yaqinda "Arsenal" bilan shartnomasini bekor qilgandi.
Ma’lumot o‘rnida, Per-Emerik Obameyang joriy mavsum APLdagi 14 uchrashuvda 4 gol va 1 assist muallifiga aylangan.
Fikrlar