Rasman! Eriksen "Inter"dan ketdi

  • 17 dekabr, 2021, 19:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Inter" yarim himoyachisi Kristian Eriksen rasman jamoani tark etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 29 yoshli daniyalik futbolchi o‘zaro kelishuv asosida "neradzurrilar" bilan shartnomasini bekor qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Eriksen joriy yilning yozida bo‘lib o‘tgan “Evro-2020” o‘yini paytida yurak xurujiga uchragan va shundan so‘ng unga kardioverter-defibrillyator o‘rnatilgan edi. Ammo amaldagi qoidalarga ko‘ra, yuragiga bunday uskuna o‘rnatilgan futbolchi Italiya chempionatida o‘ynashi ta’qiqlangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!