Rasman! "Everton" davralar orasidagi ilk transferini amalga oshirdi

  • 01.01.2022 19:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kievning “Dinamo” klubi va Ukraina terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Mikolenko  “Everton”ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 22 yoshli futbolchining transferi “irischilar”ga 23,5 million evroga tushgan. U yangi jamoasi bilan 2026 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.

Mikolenko "Dinamo" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Kiev klubi safida jami 132 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urgan va 20 ta golli uzatmani amalga oshirgan.  Ukraina terma jamoasi safida 21 ta o‘yin o‘tkazgan.

Vitaliy Ukraina chempioni, ikki karra Ukraina kubogi sohibi, uch karra Ukraina Superkubogi sohibi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!