
Rasman! "Galatasaroy" Ziesh transferini e’lon qildi
"Galatasaroy" Turkiya chempionatining 2-turida "Trabzanspor"ni 2:0 hisobida mag‘lub qildi. O‘yin yakunida esa klub Zieshni rasman o‘z safiga qo‘shib olganini ma’lum qildi.
Yarim himoyachi ijara asosida "sherlar" tarkibiga qo‘shildi. Shartnomaga ko‘ra, kelasi yil Turkiya klubi uning transferini to‘liq sotib oladi. Hakim "Galatasaroy" bilan 3 yillik shartnoma imzolashi borasida mish-mishlar ham mavjud.
Ma’lumot uchun, bundan oldin Ziesh PSJ va "An-Nasr" klublariga o‘ta olmagandi.
Fikrlar