Rasman! Gilbert Byorns va Stiven Tompson jangi sanasi e’lon qilindi

  • 29 aprel, 2021, 14:06
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC yarim o‘rta vazn toifasi vakillari Gilbert Byorns (19-4) va Stiven Tompson (16-4-1) o‘rtasidagi jangni e’lon qildi.
Jang 10 iyul kuni "UFC 264" turnirida bo‘lib o‘tadi. Ma’lumki, bu turnirning markaziy jangi Konor MakGregor va Dastin Pore o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Byorns so‘ngi jangini joriy yilning fevral oyida chempion Kamaru Usmanga qarshi o‘tkazib, texnik nokaut evaziga imkoniyatni boy bergandi. Tompson esa oxirgi bor, Jeff Nilga qarshi oktagonga ko‘tarilgan va ochkolar hisobida uni mag‘lub etgan.

Gilbert Byorns hozirgi kunda divizion reytingida 2-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, Stiven Tompson 5-o‘rinda qayd etilgan.

stiv

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!