Rasman! Grizmann "Atletiko"ni tark etadi
Madridning "Atletiko" klubi xujumchisi Antuan Grizmann mavsum yakunida jamoani tark etishi haqida e’lon qilindi. Bu haqida madridliklar rasmiy veb-sayti xabar bermoqda.
Ilgariroq, 28 yoshli futbolchi faoliyatini Kataloniyaning "Barselona" klubida davom ettirishi haqida xabar bergandik.
Aytib o‘tish joizki, joriy yilning 1 iyul kunidan futbolchining tovon puli 200 milliondan 120 million evroga tushadi.
Ma’lumot uchun, Grizmann 2014 yilda 30 million evro evaziga "Real Sosedad"ni tark etib "Atletiko" safiga kelib qo‘shilgandi. "Matraschilar"dagi faoliyati davomida Antuan 256 uchrashuvda maydonga tushib 133 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lgan.



Fikrlar