
Rasman! "Inter" afrikalik darvozabonni sotib oldi (foto)
"Ayaks" futbolchisi Andre Onana rasman "Inter" futbolchisiga aylandi. Bu haqda milanliklar rasmiy sayti xabar berdi.
Onana "neradzurrilar" uchun tekinga tushdi. U erkin agent sifatida yangi jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, posbon 5 yillik shartnomaga imzo chekkan. Ammo hozircha moliyaviy kelishuv bandlari oshkor etilmagan.
Fikrlar