
Rasman! Jafar Irismetov - "Neftchi" bosh menejeri
Jafar Irismetov Farg‘onaning "Neftchi" klubida ish boshladi. Bu haqda "yo‘lbarslar" matbuoti xabar bermoqda.
"O‘zbekistonning eng yaxshi mutaxassislardan biri, o’z vaqtida qator o‘zbek va Evropa futbol klublarida to‘p surgan, O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston chempioni, bir mavsumdagi gollar hisobi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati rekordchisi (45ta gol) Nilton Mendez to’purarlar klubi a’zosi hisoblangan Jafar Tursunbaevich Irismetov 2017-2022 yillar davomida Toshkentning "Paxtakor" jamoasida sport direktori lavozimida samarali faoliyat olib borgan, ushbu yillarda "Paxtakor" jamoasi to‘rt bora mamlakat chempioni bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan.
Jafar Tursunbaevich "Neftchi" PFK rahbariyati qaroriga binoan klub bosh menejeri lavozimida ish boshladi.
Shu o‘rinda Jafar Tursunbaevichga yangi lavozimda omad va zafarlar tilab qolamiz", - deyiladi klub matbuoti xabarida.
Eslatib o‘tamiz, "Neftchi" hozircha Toma Tabatadze, Zoran Marushich, Vladimir Yovovich, Abror Ismoilov, Muhammadali G‘iyosov, Yovan Jokich kabi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi va transferlar oynasidagi eng faol klub bo‘lib turibdi.
Fikrlar