Rasman! Klaudio Bravo "Manchester Siti"ni tark etdi

  • 18.08.2020 17:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Chililik darvozabon Klaudio Bravo “Manchester Siti”ni tark etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

37 yoshli posbon “shaharliklar” safiga 2016 yil “Barselona”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan to‘rt yil mobaynida “Siti”da jami 61 ta o‘yinda maydonga tushdi va shularning 20 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Bravo “Manchester Siti” bilan jami 8 ta sovrin qo‘lga kiritdi, shu jumladan 2 marta APL g‘olibi bo‘ldi.

Hozircha Bravo faoliyatini qaerda davom ettirishi borasida ma’lumotlar yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!