
Rasman! Klaudio Raneri A Seriya klubi bilan shartnoma imzoladi
67 yoshli italiyalik mutaxassis Klaudio Raneri rasman "Sampdoriya" bosh murabbiyi sifatida e’lon qilindi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra tomonlar o‘zaro 2021 yilga qadar shartnoma imzolashgan. Unga ko‘ra Raneri yiliga 1 mln evro maosh oladi. Agar jamoa B Seriyaga tushib ketmasa, unga yana qo‘shimcha bonuslar taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, “Sampdoriya” rahbariyati bundan avvalroq Eusebio Di Francheskoni iste’foga chiqargan edi. Jamoa ayni damda A Seriyaning 7 ta turidan so‘ng musobaqa jadvalida so‘nggi o‘rinni egallab turishibdi.
Fikrlar