Rasman! Koutino jarrohlik stoliga yotadi

  • 30.12.2020 19:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kecha La Liganing 14-turida “Eybar”ga (1:1) qarshi o‘yinda jarohat olgan "Barselona" vingeri Filippe Koutino jarohat olinadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchiga chap tizza shikastlanishi tashxisi qo‘yilgan. Bundan avvalroq, agar ushbu tashxis tasdiqlangan taqdirda futbolchining tiklanishi uchun 4 oy vaqt talab etilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

28 yoshli Koutino joriy mavsum “Barselona” safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!