
Rasman! "Lester" bir futbolchisi bilan shartnomani bekor qildi
“Lester” himoyachisi Filip Benkovich jamoani tark etadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, tomonlar shartnomani bekor qilishga kelishib olishgan.
Ma’lumot uchun, xorvatiyalik futbolchi ingliz klubiga 2018 yilda Zagrebning “Dinamo” jamoasidan ko‘chib o‘tgan edi. Bu vaqt ichida u 4 marta ijarada o‘ynadi ("Seltik", "Bristol", "Kardiff" va "Lyuven").
24 yoshli Benkovich joriy mavsumda birorta ham o‘yinda maydonga tushmadi.
Fikrlar