Rasman! "Lokomotiv" 1 yildan ko‘proq vaqt davomida rasmiy o‘yinda qatnashmagan futbolchi bilan shartnoma imzoladi

  • 15.07.2023 00:43
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

O‘z oldiga Superligaga qaytish vazifasini qo‘ygan "Lokomotiv" davralar oralig‘ida o‘z tarkibini kuchaytirishga harakat qilmoqda.

Toshkentliklar matbuot xizmati tajribali yarim himoyachi Murodjon Toshmatov bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi. O‘tgan 4 yarim mavsumni OKMK tarkibida o‘tkazgan 32 yoshli Toshmatov endilikda "temiryo‘lchilar" uchun ter to‘kadi. E’tiborlisi, u joriy mavsum hali birorta bellashuvda maydonga tushgani yo‘q. U so‘nggi bor 2022 yilning iyun oyida rasmiy o‘yinda qatnashgandi.

Qayd etish kerak, Murodjonning "Lokomotiv" tarkibidagi ilk rasmiy uchrashuvi sobiq jamoasiga qarshi bo‘lishi mumkin. Boisi, OKMK hamda "Loko" O‘zbekiston kubogi 1/8 finalida o‘zaro to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!