Rasman! "Manchester Yunayted" bosh murabbiysiz qoldi

  • 29.05.2022 20:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" o‘zining rasmiy sayti orqali germaniyalik mutaxassis Ralf Rangnik bosh murabbiy lavozimidan ketganini e’lon qildi.

Dastlab nemis mutaxassisi bu lavozimni yozda tark etishi va klubda maslahatchi sifatida qolishi rejalashtirilgan edi. Biroq ingliz klubi rahbariyati Rangnik bilan xayrlashishga qaror qildi, chunki u Avstriya terma jamoasini bosh murabbiyligiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun, 63 yoshli Rangnik "Manchester Yunayted"ni 2021 yilning noyabridan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostidagi jamoa premer-ligada 6-o‘rinni qo‘lga kiritdi va kelasi mavsum Evropa ligasida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!