Rasman! "Manchester Yunayted" futbolchisi "Roma"ga o‘tdi (foto)

  • 14 iyun, 2022, 18:23
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" futbolchisi Nemanya Matich faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettiradi.

Tecno

"Roma" matbuot xizmati serbiyalik yarim himoyachi transferini e’lon qildi. 33 yoshli Matich rimliklar tarkibiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. Tomonlar 1 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Avvalroq, "bo‘rilar" bosh murabbiyi Joze Mourinoning shaxsan o‘zi uni yangi jamoasiga olib kelishni maqsad qilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ular "Manchester Yunayted"da birga ishlagan.

Nemanya "qizil iblislar" safida 189 o‘yinda maydonga tushib, 4 gol va 11 assist muallifiga aylangan.

photo_2022-06-14_18-11-48

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!