Rasman! Mbappe PSJ bilan shartnomasini uzaytirdi
PSJ futbolchisi Kilian Mbappe klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi. Bugungi "Mets"ga qarshi o‘yin oldidan futbolchi va rahbariyat buni ommaga ma’lum qildi.
"Men PSJda sarguzashtimni davom ettirishimdan mamnunman. Bu mening shahrim, mening uyim.
Men siz afzal ko‘rgan narsani qilishda davom etaman, deb o‘ylayman. Barchaga rahmat!", - dedi futbolchining o‘zi.
Yangi bitimga ko‘ra, frantsuz 2025 yilga qadar Parij klubi a’zosi hisoblanadi.

Fikrlar