
Rasman! "Metallurg" yana bir eronlik futbolchi transferini e’lon qildi (foto)
Rizo Yazdando‘st rasman “Metallurg” a’zosiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Bekobodning “Metallurg” jamoasi Eron terma jamoasi a’zosi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Professional futboldagi faoliyatini “Sanat Naft” yoshlar jamoasida boshlagan Yazdando‘st tez orada mazkur jamoaning asosiy tarkibidan muqim joy egalladi.
2018 yilgi mavsumda yarim yil “Naft Masjid Sulaymon” jamoasida o‘ynadi. Keyingi yillarda esa “Mes Rafsanjani”, “Esteglal” (Xuzeston), “Shaxr Xodru”, “Traktorsozi” jamoalarida o‘ynadi. 2023 yildan e’tiboran yana qadrdon jamoasi “Naft MS” jamoasiga qaytdi.
Professional futbol faoliyati davomida Fors ko‘rfazi professional ligasida 51 ta, Azadegan ligasida 51 ta, Xazfi kubogida 3 ta o‘yin o‘tkazgan. 4 ta gol urgan.
Fikrlar