Rasman! Muhammadanas Hasanov "Qo‘qon-1912" bilan xayrlashdi va "Lokomotiv"ga ko‘chib o‘tdi

  • 4 yanvar, 2022, 11:57
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qo‘qon futboli tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Muhammadanas Xasanov jamoa bilan shartnomasi yakuniga etganligi sababli, o‘zini boshqa klubda sinab ko‘rishni ixtiyor qildi.

Tecno

Ta’kidlash lozimki, jamoamiz rahbariyati hamda murabbiylar shtabi futbolchini olib kolish uchun barcha harakatlarni amalga oshirishdi. Iqtidorli yarim himoyachimizga Toshkentning “Lokomotiv” klubidan har tomonlama manfaatli taklif bo‘ldi. Muhammadanas yangi futbol mavsumini “temiryo‘lchilar” safida boshlashga qaror qildi.

Muhammadanas Xasanov 2015 yildan buyon jamoamizning o‘rinbosarlar va asosiy tarkibida ko‘plab yaxshi o‘yinlarni o‘tkazdi. O‘rinbosarlar tarkibida Muhsin Nizomiddinov qo‘l ostida O‘zbekiston birinchiligining bronza medallarini qo‘lga kiritgan. Hasanov o‘tgan mavsum Ashurmatov murabbiyligida o‘zining eng yorqin mavsumini o‘tkazdi.

1996 yilda tug‘ilgan futbolchi o‘tgan mavsum jamoamiz safida  26 uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 5 marta ishg‘ol qildi hamda 3 ta golli pasni amalga oshirdi. 

“Qo‘qon-1912” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!